22:58 / 09.10.2015
7612

Rossiya hududida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh O‘zbekistonda sud qilindi

Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Rossiya hududida odam savdosi bilan shug‘ullangan to‘rt nafar shaxs ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Aybdorlar 5 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV vakili ma'lumotiga asoslanib, Ria Novosti xabar bermoqda.

Avvalroq xuddi shu ayblov bilan to‘rt nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ayblanib, to‘rt va besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, “odam savdosi” bilan shug‘ullangan jinoyatchilarga besh yildan o‘n ikki yilgacha bo‘lgan davrga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.

 

Top