21:50 / 09.10.2015
9645

Sirdaryoda topilgan “dinozavr” mushuk bo‘lib chiqdi

Joriy yilning yozida OAVlarda Sirdaryo viloyatining Xavot tumani Karvonsaroy mahallasida 12-maktab o‘qituvchisi Muhayyo Mirzaliyevaning uyidagi ta'mirlash ishlarida mezozoy davriga tegishli dinozavr qoldiqlari topilgani haqidagi yangilik tarqatilgan edi. Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn-nashrlarda keng muhokama qilindi: kimdir bu topilmadan qoyil qolgan bo‘lsa, kimdir bu suyaklar unchalik ham qimmatli emasligi haqida tanqidiy fikr bildirgan.

Ulardan qaysi birlari haq ekanligi borasidagi bahsga olimlar nuqta qo‘yishdi. Bu haqda Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshoyev Uzbekistan Today nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ushbu shov-shuvli holat bo‘yicha O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi va Davlat Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi bilan ilmiy ekspeditsiya uyushtirildi. Unning tarkibiga muzeyning uch nafar xodimi kirdi.

Qoldiqlar tekshirilganda, ularga 100-200 yil ekanligi yaqqolgina qo‘rinib turgan. Ko‘rib turganingizdek, u paytda nafaqat O‘zbekiston, balki butun sayyorada ham dinozavrlarning bo‘lishi mumkin emasdi.

Biz qoldiqlar topilgan joyni ham kuzatib chiqdik, bu yerda barcha alomatlarga ko‘ra hech qanaqasiga dinozavr qoldiqlari saqlanib qolinishi mumkin emasdi.

Qoldiqlarning batafsil o‘rganilishi barcha shubhalarga chek qo‘ydi. Paleontologlar tishlar qurilishi bo‘yicha qoldiqlarning qaysi turga mansubligini aniqlaydigan asosiy alomat hisoblanadi. Bu qoldiqlar dinozavrlarga emas, balki mushuksimonlar oilasiga mansubligi alomatlari ko‘rinib turibdi. Biz mushuksimon jonzot bilan to‘qnash kelganimizdan uning bosh chanog‘i suyagi ham darak bermoqda.

Sirdaryolik mutaxassislarni yanglish xulosa chiqarishga, ko‘rinishicha, ularning suyaklarni noto‘g‘ri yig‘ib chiqqanlari sabab bo‘lgan. Ular yiqqan suyaklardan dinozavrga o‘xshash tasvir paydo bo‘lgan.

Bu qoldiqlar qaysi turga mansubligini aniqlashgina qolgan. Bizning dastlabki xulosamizga ko‘ra, bu qamish mushugidir. Biroq bu masalada oxirgi so‘zni hozir qoldiqlarni batafsil o‘rganishni boshlagan zoologlar aytadi”, deb aytmoqda Ahmadjon Ahmedshoyev.

Top