15:39 / 09.10.2015
4195

Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogi vakillari oldi

2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bo‘lmish “to‘rtlik” oldi. G‘oliblarni Norvegiya Nobel qo‘mitasi raisi Kasi Kullmann Five e'lon qildi.

“To‘rtlik” 2013 yili, mamlakatning burilish pallasida shakllantirilgan edi. 2011 yildan Tunisda to‘polonlar boshlangan edi, buning oqibatida Ikkinchi Yosuman inqilobi bo‘lib o‘tib, prezident Zayn ul-Obidin bin Ali hokimiyatdan ketgan edi.

Qo‘mita 273 nomzodni ko‘rib chiqdi, ular orasida Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zariflar bor edi.

Top