16:31 / 09.10.2015
6666

Turkiya Suriya sababli Rossiya bilan munosabatlarini qurbon qilishga tayyor emas

Turkiya Suriya sababli Rossiya bilan munosabatlaridan voz kechishga tayyor emas. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush Anadolu agentligi bilan bo‘lib o‘tgan intervyu chog‘ida ma'lum qildi.
“Turkiya va Rossiya uzoq yillardan beri tinch-totuv yashamoqda. Biz iqtisodiy, siyosiy va juda yaxshi savdo munosabatlariga egamiz. Ushbu munosabatlar Suriyadagi qandaydir siyosiy manfaatlardan jabr ko‘rmasligi kerak. Turkiya o‘z chegaralarini mustaqil himoya qila oladigan davlat. Bizda Rossiyadan zudlik bilan Turkiya chegaralarini buzishni to‘xtatishni talab qilish huquqi bor. Agarda ular bu “xatolik tufayli sodir bo‘ldi”, desa ortga qadam tashlash shartmi?” dedi Kurtulmush.

Top