17:04 / 09.10.2015
6104

XX asrning eng mashhur suratlaridan biri 478 ming dollarga sotildi

XX asrning eng mashhur suratlaridan biri – rassmo Robert Meppltorning «Poliesterdagi kostyum kiygan erkak» (Man in polester suit) asari – Sotheby's auksionida 478 ming dollarga sotildi. Bu mazkur asarning boshlang‘ich narxidan ikki martaga qimmatroq bo‘ldi, deb yozadi TASS.

Sotheby's fotograflik uyi rahbari Kristofer Maxouni mazkur holatni «Robert Meppltorning bu kabi noyob asarini auksion savdolariga qo‘yshimiz va mazkur narxda sotishimiz faxr bag‘ishlaydi. Unga bo‘lgan talabning fantastik darajada ekani fotografning qay darajada mahoratli ekanidan darak beradi», deya baholadi.

Uning fikricha, surat olingan 1980 yilda haqiqiy avangard sifatida qabul qilingan bo‘lsa, hozir ham o‘zining aktualligini yo‘qotmagan.

Auktsion savdolari kuni umumiy sotilgan suratlarning bahosi 3,3 mln. dollarni tashkil qilgan.

Mazkur oq-qora tasvirdagi surat oxirgi marta bundan 23 yil muqaddam auksion savdolariga qo‘yilgan, o‘shanda suratning narxi 9,9 ming dollarga baholangandi. Hozirda uning narxi qariyb 50 baravarga qimmatlashgan.

Top