08:52 / 10.10.2015
2472

“Aeroflot” o‘ziga “Transaero”ning xalqaro yo‘nalishlarining biriktirilishini so‘ramoqda

“Aeroflot” aviakompaniyasi o‘z ortida “Transaero”ning xalqaro yo‘nalishlariga huquqlarning saqlab qolinishini so‘rab Rosaviatsiyaga murojaat qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

“Bu haftada “Aeroflot” o‘ziga operatsion boshqaruvidagi bo‘lgan “Transaero” aviakompaniyasi xalqaro yo‘nalishlarining biriktirilishi bo‘yicha Rosaviatsiyaga murojaat qildi. Bu bo‘yicha qaror komissiyaga olib chiqilishi-chiqilmasligi hozircha noma'lum qolmoqda”, deb aytdi agentlik manbasi.

Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, “Aeroflot” vakillari bu xabarga izoh berishdan bosh tortishdi.

O‘z navbatida, Rosaviatsiya matbuot xizmati hozircha bunday murojaat olmaganini ma'lum qildi.

Avvalroq “Aeroflot” o‘zining samolyotlar parkini “Transaero” lizing samolyotlari hisobiga to‘ldirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top