19:11 / 10.10.2015
4183

Anqara shahrida Twitter va Facebook tarmoqlariga kirish to‘sib qo‘yildi

Turkiya poytaxti Anqara shahri aholisi Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga kira olmayapti. Bu haqda BGN News xabar bergan.

Bu holat bo‘yicha rasmiy izoh berilmagan.

Qayd etish kerakki, hukumat tez-tez xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga to‘siq o‘rnatib turadi.

Ushbu holat bugun Anqarada sodir etilgan terakt bilan bog‘lanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kunining birinchi yarmida Turkiya poytaxti Anqara shahrida terakt amalga oshirildi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra bu xunrezlik tufayli halok bo‘lganlar soni 86 nafarni tashkil qilmoqda.

Top