09:11 / 10.10.2015
4397

AQSh kongressi vakillar palatasi AQSh neftining eksport qilinishiga taqiqlovni bekor qildi

AQSh kongressi vakillar palatasi (quyi palata) 40 yildan beri amalda bo‘lgan AQSh neftining eksport qilinishiga taqiqlovni bekor qildi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Ushbu tashabbusga 261 kongressmen ovoz berdi, 159 nafari qarshi chiqdi.

Taqiqlovning bekor qilinishi tarafdorlari bu qaror AQSh iqtisodiyotining o‘sishi va mamlakatda millionlab ish o‘rinlarining yaratilishiga ko‘mak beradi, deb hisoblashmoqda.

“Mahsulotimizning narxiga qo‘shimcha bir yoki ikki dollar qo‘shilishi marjaning (tannarx va narx o‘rtasidagi farq – tahr.) keskin pasayishi tufayli biz uchun juda muhimdir”, deb ta'kidlamoqda AQShda neft va gaz olish bilan shug‘ullanuvchi Encana kompaniyasi bosh direktori Dag Sattls.  

Qonun loyihasi AQSh senatida ovoz berishdan o‘tishi kerak. Ushbu loyihaning tarafdorlarida AQSh prezidenti tomonidan unga taqiqlov qo‘yilishi xavfi sababli muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq Josh Ernest Oq bu loyihaga qarshi chiqayotganini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, bu siyosiy qaror bo‘lib, AQSh savdo vazirligi foydasiga qaratilgan.

Top