23:40 / 10.10.2015
8461

AQShlik siyosatshunos: Rossiya AQSh Yaqin Sharqda vujudga keltirgan xaosni tuzatmoqda

Yaqin Sharqda urushning avj olishiga ko‘mak bergan AQSh uchun Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalariga qarshi turishdan ma'no yo‘q, deb hisoblamoqda AQShlik siyosatshunos Pol Kreyg Roberts.

AQShlik siyosatchilar Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi operatsiyalari borasida bong urishni davom ettirmoqdalar, biroq ular o‘z imkoniyatlarini yuqori baholab yubormoqdalar, deb hisoblamoqda siyosatchi. Uning aytishicha, AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karterning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Zbignev Bjyezinskiyning aytishicha, Rossiyani Yaqin Sharqda AQSh bilan birga harakat qilishga ko‘ndirish kerak. “Aslida Suriyada AQSh Rossiya bilan birga ishlashi kerak, chunki aynan Rossiya vaziyatni nazorat qilmoqda va xalqaro huquq doirasida harakat qilmoqda”, deb aytmoqda Roberts.

Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqida dunyoda yuzaga kelayotgan vaziyatga boshqa chidab bo‘lmasligini aytdi, biroq AQShlik siyosatchilar buni inobatga olmayaptilar, deb hisoblamoqda siyosatshunos. “Vaziyatning bunday avj olishiga AQShning Yaqin Sharqdagi harakati – barcha musulmon davlatlariga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan va hozirda Yevropaga qochqinlarning yopirilib kelishiga sabab bo‘layotgan xaos olib keldi”, deb ta'kidlamoqda Roberts.

Top