00:17 / 10.10.2015
5136

"Donetsk xalq respublikasi"dagi saylovlar 2016 yil 20 mart kuniga o‘tkazilishi belgilandi

O‘z mustaqilligini e'lon qilgan "Donetsk xalq respublikasi" rahbari Aleksandr Zaxarchenko 2015 yil 18 oktabrdagi mahalliy o‘zini boshqaruv organlariga saylovlarni 2016 yilning 20 martiga ko‘chirilishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda "DXR" xalq kengashi raisi Denis Pushilin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Donetsk yangiliklar agentligi.

“Biz Ukraina bilan suhbatga yana bitta qadam qo‘ydik. Minsk jarayonining kafolatlari – Fransiya, Germaniya va Rossiyaning taklifiga ko‘ra mahalliy saylovlar muddatini ko‘chirishga qaror qildik. Bugun respublika rahbari tegishli farmonni imzoladi”, deb aytdi parlament spikeri va Minsk kelishuvlarida "DXR" delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Denis Pushilin.

Top