02:38 / 10.10.2015
4404

Yevro-2016 guruh bosqichi, S guruhida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi

Yevro-2016’ning guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Lyuksemburgni yirik g‘alaba bilan mag‘lub etib, o‘ziga muddatidan avval Yevropa chempionatining final bosqichiga chiqishni ta'minladi. Uchrshuv Logronoda bo‘lib o‘tdi va 4:0 hisobida ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida ispanlar yarimhimoyachisi Santi Kasorla hisobni ochdi. 2-bo‘limning 67- va 80-daqiqalarida hujumchi Pako Alkaser ikkita to‘p urib, dublga erishdi. Uchrashuvdagi yakuniy hisobni 85-daqiqada Santi Kasorla o‘rnatdi.

Yevro-2016. Guruh bosqichi. S guruhi

Ispaniya – Lyuksemburg – 4:0

Gollar: Kasorla, 42, 85;  Alkaser, 67, 80;

Guruhdan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Ukraina mehmonda Makedoniya bilan to‘qnashdi va 0:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvdagi 1-to‘pni 59-daqiqada penaltidan uchrainaliklar hujumchisi Yevgeniy Seleznyov, 2-to‘pni 87-daqiqada hujumchi Artyom Kravets kiritdi.

Makedoniya – Ukraina – 0:2

Gollar: Seleznyov, 59;  Kravets, 87

Belarus mehmonda Slovakiya bilan uchrashib, Stanislav Dragunning 34-daqiqadagi goli evaziga 0:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Slovakiya – Belarus – 0:1

Gollar: Dragun, 34

Shu tariqa, S guruhidagi musobaqa jadvali 9 turdan keyin quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. Ispaniya – 24 ochko; 2. Slovakiya – 19; 3. Ukraina – 19; 4. Belarus – 10; 5. Lyuksemburg – 4;   Makedoniya – 3.

Guruh bosqichining oxirgi turida 12 oktabrda Belarus-Makedoniya, Lyuksemburg- Slovakiya, Ukraina-Ispaniya uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Top