09:02 / 10.10.2015
5121

Kemeron va Merkel Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish zarurligini aytishdi

Germaniya kansleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Minsk kelishuvlari shartlari to‘liq bajarilmaguniga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirishga kelishib olgan. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Ushbu siyosatchilar Kemeronning London tashqarisidagi qarorgohida shu masalada muhokama o‘tkazishgan.

"Bosh vazirimiz Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Ollandning bu masaladagi qarashlariga qo‘shiladi. Ikki siyosatchi ham Ukrainaga siyosiy va iqtisodiy jihatdan yordam ko‘rsatish muhimligini qayd etishgan", deyiladi Britaniya bosh vazirining matbuot xizmati.

Biroz avvalroq, Angela Merkel va Devid Kemeron Suriyadagi vaziyatni ham muhokama qilishgandi.

Top