20:56 / 10.10.2015
3408

O‘zbekiston “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” anjumanida suv zaxiralari masalalarini muhokama qiladi

O‘zbekiston vakillari Italiyaga oliy darajadagi “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” anjumanida ishtirok etish uchun boradilar, deb ma'lum qilindi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida.

Anjuman ishtirokchilari Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish va suv zaxiralarini boshqarish bo‘yicha loyihalar natijalarini muhokama qilishlari kutilmoqda. Bundan tashqari, ishtirokchi davlatlar delegatlari kelgusidagi sa'y-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishadi.

Milanda bo‘lib o‘tadigan anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchilik qiladi.

O‘zbekiston sentabr o‘rtalarida yuqoridagi muammolarga bag‘ishlangan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti anjumanida ishtirok etgan edi. O‘sha anjumanda O‘zbekiston hukumati mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv iste'moli masalalarida hamkorlik qilish va sug‘orishning eng zamonaviy texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyorgarligini ma'lum qilgandi.

Top