16:35 / 10.10.2015
4246

Platini o‘zining futboldan chetlatilganiga qarshi apellyatsiya bilan murojaat qildi

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFA axloq qo‘mitasi tomonidan o‘zini 90 kunga futbol faoliyatidan chetlatilganiga qarshi apellyatsiya berdi.

FIFA vitse-prezidenti ham hisoblanadigan Platinining oqlovchilari tashkilotning Tsyurixdagi bosh ofisiga shikoyat bilan murojaat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni Yozef Blatter kabi FIFA Mishel Platinini ham 90 kunga futboldan chetlatgandi.

Qayd etish kerakki, Platini keyingi yilning fevralida FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda asosiy nomzod hisoblanadi. Uning futboldan chetlatilishi muddati 2016 yilning 8 yanvarida yakunlanadi.

Ba'zi xabarlarda bu taqiq yana 45 kunga uzaytirilishi mumkinligi aytilgan.

Top