17:01 / 10.10.2015
5580

Rossiya AQShga Suriya osmonidagi harakatlari bo‘yicha hujjat loyihasini taqdim etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi amerikalik hamkasblariga Suriya havo kengliklaridagi harakatlari bo‘yicha hujjat loyihasini taqdim etdi. Bu haqda RIA “Novosti” Rossiya harbiy muassasasining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov bergan ma'lumotga tayanib xabar berdi.
“Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya havo kengliklarida Rossiya va AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy samolyotlari o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgan choralar bo‘yicha hamkorlikdagi muassasalararo hujjat loyihasini tayyorladi”, - dedi Konashenkov.
Xabar qilinishicha, rossiyalik mutaxassislar Pentagondagi hamkasblari bilan hujjatni muhokama qilishga tayyor va AQShdan Suriya havo kengliklari masalasidagi maslahatlashuvlar muddati bo‘yicha videokonferensiya shaklidagi xabarnoma kutilmoqda.
Avvalroq esa ushbu dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida Suriya osmonida parvozlar xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida yangi harbiy muzokaralar bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Top