01:14 / 10.10.2015
8209

Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida Al-Baxsa shahrini ozod etdi

Suriya qo‘shinlari Xama viloyatidagi Al-Baxsa nomli kichik shaharni ozod etdilar, deb xabar bermoqda Suriya armiyasining siyosiy boshqaruvi boshlig‘i Samir Sulaymon. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.    

Sulaymonning aytishicha, Suriya armiyasiga qarshi Afg‘oniston va Iroqda jang qilgan, yaxshi o‘rgatilgan jangarilar qarshilik ko‘rsatgan. “Biroq ular Rossiya aviatsiyasidan qo‘rqib, Baxsadan chekindi”, deb aytdi Sulaymon rossiyalik jurnalistlarga.

Generalning ma'lum qilishicha, uch kun avval Rossiya aviatsiyasi jangarilarning o‘q-dori omboriga zarba bergan. Bu jangarilarning shaharni mudofaa qilishdagi jangovor ruxi va imkoniyatlarini yo‘qqa chiqargan.

Qayd etilishicha, avgust boshida shahar “Jibhad an-Nusra” jangarilari tomonidan bosib olingan edi.

Top