14:33 / 10.10.2015
5478

Turkmaniston rahbari Kaspiydagi harbiy flot kemalari ko‘rigidan qatnashdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 9 oktabr kuni Turkmanboshida Kaspiy dengizidagi harbiy kemalarni ko‘rigida ishtirok etdi, deya xabar berdi mahalliy OAV. Turkmaniston Harbiy-dengiz kuchlari kuni munosabati bilan harbiy-dengiz paradi o‘tkazildi.

Parad oldidan davlat rahbari Turkmaniston Mudofaa vazirligining Harbiy-dengiz instituti yangi bino kompleksining ochilishida ishtirok etib, u yerda davlat xavfsizlik kengashining ko‘chma yig‘ilishini o‘tkazdi.

Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqar ekan, Berdimuhammedov betaraf Turkmaniston tarixida birinchi marta Kaspiy dengizida mamlakat chegaralari tinchligi va xavfsizligini ta'minlashga chorlovchi Turkmaniston qurolli kuchlarining harbiy-dengiz kuchlari garnizoni tashkil etilganini qayd etdi.

Shundan so‘ng davlat rahbari dengiz portiga borib, Turkmaniston harbiy-dengiz kuchlari uchun maxsus yangi harbiy kemanining suvga tushilish rasmiy marosimida ishtirok etdi va flotiliya kemalarining port akvatoriyasida tantanali yurishini tomosha qildi.

Top