10:18 / 10.10.2015
6328

Xitoyda sayyohlar shisha ko‘prikka darz ketgani sababli chiqishdan qo‘rqishmoqda

Xitoy janubi-sharqidagi Xunan provinsiyasida yaqindagina barpo etilgan shishali osma ko‘prik darz ketishni boshladi, biroq hukumat bu holat obekt xavfsizligiga ta'sir ko‘rsatmasligiga ishonch bildirmoqda, deya xabar berdi The New York Times.

Sayyohlar bo‘lsa ushbu yoriqlar yerdan 180 metr balandlikda bunyod etilgan qurilmada baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkinligidan cho‘chishmoqda. Nashrga mamlakat sayyohlik ma'muriyatining ma'lum qilishicha, “bu ko‘prik xavfsizligiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi”.

Sayyohlardan birining ijtimoiy tarmoqda yozishicha, ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgan vaqtda odamlar baqirib, obektdan qochib qolishni boshlagan.
Ko‘prik Xitoyning Shiniuzhai milliy bog‘idagi ikkita cho‘qqi o‘rtasiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning uzunligi 300 metrni tashkil etadi.

Top