15:08 / 10.10.2015
4111

Xitoydagi restoranda ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 17 nafarga yetdi

Xitoydagi restoranda sodir bo‘lgan portlash natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni 17 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi «Sinxua».

Qayd etilishicha, dastlabki taxminlarga ko‘ra, restoranda gaz balloni portlagan.
Portlash qurbonlari to‘g‘risida hukumat ma'lum qildi.

Xabarda keltirilishicha, portlash Anxoy provinsiyasida sodib bo‘ldi.
Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Top