09:18 / 11.10.2015
5889

Afg‘oniston rahbari Qunduzning tolibonlar tomonidan bosib olinishini tergov qilishga buyurdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay tergovchilar guruhiga Qunduz shahrining tolibonlar tomonidan bosib olinishi va u yerdagi shifoxonaning o‘qqa tutilishi holati bo‘yicha tergov olib borishni topshirdi, deya xabar bermoqda Fox News.
Prezident ma'muriyatining ma'lum qilishicha, milliy razvedkaning sobiq boshlig‘i Amrulla Solih guruh rahbari etib tayinlandi.
Mazkur guruh prezident oldida shaharning uch kun davomida ekstremistlar tomonidan bosib olinishi hamda javob hujumi vaqtida sodir bo‘lgan hodisalar tafsilotlari to‘g‘risida hisobot berishlari lozim.
Bundan avvalroq esa Pentagon Qunduz shahridagi shifoxona o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlarning oila a'zolariga yordam ko‘rsatilishini ma'lum qildi.
“Chegarasiz shifokorlar” xalqaro tashkilotining shifoxonasiga berilgan aviazarbalar natijasida MSFning 12 xodimi va 10 bemor hayotdan ko‘z yumgan edi.

Top