15:14 / 11.10.2015
4081

Andijonda 2 mln so‘mlik noqonuniy sigaretlarni Qirg‘izistondan olib kirishga harakat qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Andijon viloyati Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Ulug‘bek Ahmedov mamlakat hududiga noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlari olib kirishga harakat qilganida chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Materialda ta'kidlanishicha, u 2008 va 2012 yillarda shunga o‘xshash qoidabuzarliklari tufayli muqaddam sudlangan.
Ahmedov Qirg‘iziston fuqarosi bilan til biriktirgan holda umumiy qiymati 1 mln so‘mlik 500 quti “Troyka” va 500 quti Classic sigaretlarini olib kirishga harakat qilgan.

Top