10:53 / 11.10.2015
4154

Belarusda prezidentlik saylovlari boshlandi

Belarusdagi saylov uchastkalarida prezidentlik saylovi boshlandi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».
Prezidentlik saylovlarida to‘rt nomzod qatnashmoqda. Ular mamlakatning hozirgi prezidenti Aleksandr Lukashenko, Liberal-demokratik partiyasi rahbari Sergey Gaydukevich, Belarus vatanparvarlik partiyasi vakili Nikolay Ulaxovich va “Haqiqatni so‘zla” kampaniyasidan nomzod Tatyana Korotkevichlardir.
8 oktabrdagi ma'lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 11 foizi muddatdan oldin ovoz berib bo‘lishgan.

Top