07:55 / 11.10.2015
4450

Belgiya va Uels terma jamoalari Yevro-2016 final bosqichiga yo‘llanma oldi

2016 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining 9-turida V guruhida Uels milliy terma jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga mehmonda 2:0 hisobida yutqazdi. Bosniyaliklar Milan Jurich va Vedad Ibishevichlar o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

Yevro-2016. Saralash bosqichi. V guruhi. 9- tur

Bosniya va Gertsegovina — Uels — 2:0

Gollar: Jurich, 71 (1:0); Ibishevich, 90 (2:0).

Shu guruhning yana ikki vakili Belgiya va Andorra o‘rtasidagi uchrashuv 1:4 hisobida mehmonda o‘ynagan belgiyaliklar foydasiga yakunlandi. Belgiyaliklar safida gollarni Raja Naynggolan, Kevin de Breyne, Eden Azar va Loran Depuatr kiritdi.

Andorra — Belgiya — 1:4

Gollar: Naynggolan, 19 (0:1); De Breyne, 42 (0:2); Lima Sola, 51 (1:2, pen); Azar, 56 (1:3, pen); Depuatr, 64 (1:4).

Amalga oshirilmagan penalti: Azar, 78 (Belgiya).

V guruhdan o‘z mag‘lubiyatiga qaramasdan Uels va Belgiya terma jamoasi saralash bosqichi tugashiga yana bir tur qolganda muddatidan avval Yevro-2016 final bosqichiga yo‘llanma oldi. Uels jamoasi bunday katta musobaqada 1958 yildan beri birinchi marta ishtirok etadi.

Shu guruhdan o‘rin olgan Isroil-Kipr uchrashuvida isroilliklar o‘z maydonlarida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldilar.

Isroil – Kipr 1:2

Gollar: Junior, 58 (0:1); Biton, 76 (1:1);  Demetriu, 80 (1:2)

Top