12:47 / 11.10.2015
6232

Evakuator sakkiz mashinani pachoq qilib, o‘zi Moskva hovlilaridan birida yashirindi

Evakuator Moskvadan shimolda joylashgan “Golovino” turar-joy majmuasida sakkiz mashinani pachoq qildi va voqea joyidan qochib ketdi, deb xabar bermoqda ReN TV.
Guvohlarning aytishicha, birinchi juda kuchli shovqin eshitilgan. Ular maxsus avtomobilni quvishga tushishgan, biroq evakuator egasi qochib qolgan.
Haydovchini qo‘lga olishganida, u qo‘rqqani tufayli to‘xtamaganini aytgan.
Yo‘l harakati hodisasi sodir etilgan joyda olingan video shuni tasdiqlab turibdiki, hovlida turgan qimmatbaho xorij mashinasi katta talofot olgan, Nissan Tiida va Ford S-Max avtomobillarining esa, eshik va qanotlari shikast yegan.

Top