12:35 / 11.10.2015
5791

Falastinlik ayol Quddus yaqinidagi yahudiylar qishlog‘ida o‘zini portlatib yubordi

Falastik ayol Quddus shahri yaqinida joylashgan yahudiylarning yirik Maalu-Adumim qishlog‘ining kirish qismida avtomobilga joylashtirilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Isroil politsiyasining rasmiy vakili Mikki Rozenfeldning ma'lum qilishicha, bir politsiyachi yengil jarohat olgan, ayol salomatligi esa og‘ir holatda.
Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i hamda Quddus sharqidagi vaziyat oktabr oyi boshidan keskin yomonlashdi.
Shu munosabat bilan Quddus va Isroilning boshqa shaharlarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 13- chegara politsiyasi zaxirasidagi jangarilarni xizmatga chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Top