11:24 / 11.10.2015
13856

Hindistonda 2 mingdan ziyod rol ijro etgan aktrisa Manorama vafot etdi

Hindistonda eng ko‘p rol ijro etish bo‘yicha Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan 78 yoshli aktrisa Manorama vafot etdi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.

1937 yilda Hindistonda tug‘ilgan, tamil xalqi vakilasi bo‘lmish Gopisanta (Manorama — taxallusi, xalq uni Aachi deb ham chaqirgan) faoliyati davomida filmlar va teleseriallarda 1,2 mingdan ko‘proq rol ijro etgan. Shuningdek, mingdan ziyod teatr postanovkalarida ham rol o‘ynagan. Aktrisa aksari filmlarida tamil tilida rol ijro etgan. Filmlarda uni dravid va hindu tillarida o‘ynagan ijrolarini ham uchratish mumkin.

Manoramaning qarindoshlari aytishicha, oxirgi vaqtlarda aktrisa o‘zini juda yomon his qilgan, nafas olish borasida salomatligi joyida emasligidan shikoyat qilib turgan. Uni jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan, ammo vrachlar uning hayotini saqlab qolisha olmagan.

Top