14:35 / 11.10.2015
11294

Jim Kerri o‘z ma'shuqasining dafn marosimida ishtirok etdi

Shanba kuni 53 yoshli Jim Kerri o‘zining sobiq ma'shuqasi Katriona Uaytni oxirgi manzilga kuzatdi. 28 yoshli qiz o‘zining ona yurti Irlandiyadagi Kappauayt shaharchasida dafn qilindi.
Bundan tashqari, marosimda aktyor marhumaning tobutini o‘z yelkasida ko‘tarib bordi va marosim xarajatlarini butunlayicha o‘z zimmasiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Jim Kerrining sevib qolgan Katriona Uayt aktyor bilan oralari ochiq bo‘lgach, besh kun o‘tib, Los-Anjyelesda, 29 sentabr kuni o‘z joniga qasd qilgandi. Qiz o‘limi oldidan yozib qoldirgan maktubda 53 yoshli aktyorning nomini tilga olib o‘tgan.

Top