19:05 / 11.10.2015
10461

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (5-11 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (5-11 oktabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Obama: jahon savdosi qoidalarini faqatgina AQSh o‘rnatadi, boshqa davlatlar emas>>

AQSh prezidenti Baraka Obama 5 oktabrda Trans-Tinch okeani savdo hamkorligi haqida 12 tomonlama kelishuv tuzilgani tasdiqladi va shu munosabat bilan jahon savdosi qoidalarini boshqa davlatlar emas, aynan AQSh yozadi, deb ma'lum qildi.

Rossiya Turkiyaning havo chegarasini buzganligini tan oldi>>

Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi o‘z harbiy samolyotlari ushbu mamlakat havo chegaralari daxlsizligini buzganligini tan oldi. Bu haqda diplomatik missiya matbuot kotibi Igor Mityakov Interfaks agentligiga xabar berdi.

Independent: Britaniya Suriyada terrorizm hukmronligiga barham beradi>>

Yaqin kunlarda Britaniya Suriya bo‘ylab aviazarbalar beradi. Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, “boshqa mamlakatlarga Britaniya ko‘chalari xavfsiz bo‘lishi haqida qayg‘urishni taklif qilish” mumkin emas. 

AQSh va 11 mamlakat Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tuzishdi>>

AQSh va 11 mamlakat savdo vazirlari Tinch okeani hududi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolashdi, deb xabar bermoqda Wall Street Journal.

“Muchjige” tayfuni Xitoyda vayronkor tornado keltirib chiqardi

Xitoyning Guandun viloyatida “Muchjige” tayfuni keltirib chiqargan bir nechta kuchli tornado qayd qilindi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Ilgari aytilganidek,tayfun qurbonlari soni 6 kishini tashkil qilmoqda, jarohatlanganlar soni 168 kishiga yetdi.

Shimoliy va Janubiy Karolinada kuchli yomg‘irlar tufayli 7 kishi halok bo‘ldi>>

AQShning Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari hududida davom etayotgan jalalar tufayli 7 kishi olamdan o‘tgan.

Turkmaniston prezidenti milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi>>

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov 5 oktabrda mamlakatning kuch blokidagi xodimlar orasida o‘zgartirishlar amalga oshirdi hamda milliy xavfsizlik va mudofaa vazirlarini o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston televideniyesi.

Qatarda boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanmoqda>>

Bugun, 6 oktabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. O‘z tarixida 18-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida 260 nafar bokschi 10ta vazn toifasida bahslarga kirishadi. Turnirda olimpiada uchun 23ta yo‘llanma o‘ynaladi.

Qozog‘istonda MDH davlatlari rahbarlarining kengashi to‘planadi>>

16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Erdo‘g‘an: Rossiya Turkiya qiyofasida do‘stini yo‘qotishi mumkin>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlar do‘stlik doirasidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti pora tufayli hibsga olindi>>

BMT Bosh assambleyasi sobiq prezidenti Jon Esh 6 oktabr kuni pora olish aybi bilan hibsga olingan. Esh xitoylik magnat va boshqa biznesmenlardan naqd pul olib, ularga foydali investitsiya va davlat shartnomalarini tuzish imkoniyatini taqdim etgan.

Pentagon rahbari AQSh tomonidan Qunduzda fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yilganini tan oldi>>

AQSh Mudofaa vazirligi Qo‘shma shtatlarning Harbiy havo kuchlari Afg‘onistonning Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" kasalxonasini nishonga olib, fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

Jahon mamlakatlarida “o‘lim sifati” reytingi - 2015>>

Economist Intelligence Unit (EIU) tomonidan tayyorlangan o‘lim sifati reytingida 80 ta mamlakat ishtirok etdi. Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘zgarmas yetakchilar sifatida qayd etildi, Xitoy esa ro‘yxatning so‘nggi o‘rinlaridan joy egalladi. 

Ukrainalik amaldor Rossiyaga qarshi kurashda IShIDga yordam berishga chaqirdi>>

Ukraina IIV maslahatchisi Anton Gerashchenko “Mirotvorets” saytida Suriyadagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etayotgan rossiyalik harbiylar haqidagi ma'lumotlarni e'lon etib borishni taklif qildi.

OAV: YeI yuz minglab noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda>>

Bir necha hafta ichida qochqin maqomini berish rad etilgan yuz minglab muhojirlar Yevropadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda 7 oktabr kuni Times gazetasi o‘zidagi qaror hujjatlariga asoslanib xabar qildi.

Obama Qunduzda shifoxona o‘qqa tutilgani uchun "Chegarasiz shifokorlar"dan uzr so‘radi>>

AQSh prezidenti Barak Obama AQShlik harbiylar tomonidan Afg‘onistonning Qunduz shahrida "Chegarasiz shifokorlar" tashkilotiga tegishli shifoxonaning o‘qqa tutilishi uchun tashkilotdan uzr so‘radi, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning bayonotini Reuters axborot agentligi.

AQSh odam ko‘payib ketgan qamoqlardan mahbuslarni ozod qilmoqda>>

30 oktabrdan keyin AQShda giyohvand moddalar saqlash va sotishda ayblanib qamalgan 6 ming kishi ozodlikka chiqariladi. Bunday qaror adliya vazirligi tomonidan mamlakatning mahbus ko‘payib ketgan turmalarini biroz bo‘shatish uchun qabul qilindi.

Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga chetlashtirildi>>

FIFAning Odob-axloq bo‘yicha qo‘mitasi tashkilot prezidenti Yozef Blatterni 90 kunga o‘z vazifalarini bajarishdan soqit qildi.

Rossiya bosh shtabi Afg‘onistonda IShIDning 3 ming jangarisi borligini aytdi>>

Rossiya bosh shtabining hisob-kitoblariga qaraganda, Afg‘oniston hududida hozirlikda IShIDning 2-3 ming jangarisi faoliyat olib bormoqda. Bu haqda shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

2018 yilgi JCh o‘yinlarini qabul qiladigan stadionlar nomi ma'lum qilindi>>

Rossiyada 2018 yilda futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionati o‘yinlarini qabul qiluvchi o‘yingohlar tasdiqlandi. Bu haqda tashkilotchilar taqdim etgan press-relizda keltirilgan.

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiyadan gaz xarid qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin>>

Turkiya Rossiya bilan munosabatlarning Suriya tufayli keskinlashuvi munosabati bilan ushbu mamlakatdan gaz sotib olish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

Saudiya Arabistonida Makkadagi fojyea qurbonlariga badal puli to‘lash qo‘mitasi ish boshladi>>

11 sentabr kuni Makka shahridagi al-Harom masjidi hududiga kran qulab tushishi natijasida halok bo‘lganlarga badal pulini to‘lash bo‘yicha maxsus qo‘mita pul to‘lovlarini olishi lozim bo‘lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlarni to‘plashga kirishdi.

Jahon banki: kambag‘al davlatlar aholisi boy davlatlarga ko‘chib o‘tishda davom etadi>>

Jahonda yirik demografik siljish sodir bo‘lmoqda, u yaqin bir necha o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyot xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. Jahon banki ekspertlarining fikricha, Yevropaga Afrika va Osiyodan yuz minglab odamlarning ko‘chib kela boshlashi amalda buyuk o‘zgarishlarga boshlanma yasab berdi.

Nazarboyev Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaga nisbatan YeI davlatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Poroshenko: Putin global beqarorlikni istamoqda>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BBC kanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin global xavfsizlik tartibini ag‘darishni istayotganini ta'kidladi.

Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogi vakillari oldi>>

2015 yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bo‘lmish “to‘rtlik” oldi. G‘oliblarni Norvegiya Nobel qo‘mitasi raisi Kasi Kullmann Five e'lon qildi.

Erdog‘an Rossiyaning Suriyadagi asl maqsadini oshkor qildi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Rossiyaning Suriyada amaliyotlar o‘tkazayotganining asl maqsadlari haqida so‘zlab berdi. Siyosatchining fikricha, Moskva Suriyaning Lataqiya shahrida doimiy harbiy bazasini qurishni istaydi, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Hurriyet nashri.

Nazarboyev va Poroshenko Oqo‘rdada muzokaralar olib bordi>>

Oqo‘rdada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan tantanali suratda uchrashdi, deya xabar bermoqda Kazpravda.kz.

OAV: Makka yaqinidagi tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1453 nafarga yetdi>>

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 1400 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

BMT: Markaziy osiyolik jangarilar IShIDda yuqori lavozimlarni egallagan>>

IShID va “Front an-Nusra” guruhlarining yuqori lavozimli qo‘mondonlari orasida Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilar bor. Bu haqda 8 oktabr kuni BMTning rus tilidagi yangiliklar xizmati jahon tashkilotining Aksilterror qo‘mitasi tayyorlagan xorijiy jangari-terroristlar to‘g‘risidagi hisobotiga asoslanib xabar qildi.

Anqaradagi terakt qurbonlari soni 30 nafarni tashkil etmoqda (Video)>>

 Bugun, 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Turkiya IIV xabar bergan.

Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligi munosabati bilan parad bo‘lib o‘tmoqda>>

Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrida Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan harbiy parad boshlandi. Bu haqda Sinxua agentligining tvitterida ma'lum qilingan.

OAV: AQSh IShIDga qarshi kurashda hali yutuqlarga erishgani yo‘q>>

AQSh tomonidan IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurash va Suriyada barqarorlikni vujudga keltirish uchun qo‘llanilayotgan choralar hozircha sezilarli natija berayotgani yo‘q. Mazkur baho 9 oktabr kuni New York Times gazetasining elektron shaklida e'lon qilingan maqolada keltirib o‘tiladi.

AQShlik siyosatshunos: Rossiya AQSh Yaqin Sharqda vujudga keltirgan xaosni tuzatmoqda>>

Yaqin Sharqda urushning avj olishiga ko‘mak bergan AQSh uchun Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalariga qarshi turishdan ma'no yo‘q, deb hisoblamoqda AQShlik siyosatshunos Pol Kreyg Roberts.

Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi>>

Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar soni 95 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Top