19:33 / 11.10.2015
13093

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli yangiliklari (5-11 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (5-11 oktabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Rebrending: Ravon Rossiya bozorlarida>>

Moskva shahrida Ravon nomli yangi avtomobil brendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu marka ostida GM Uzbekistan zavodining Daewoo Matiz, Gentra, Chevrolet Spark, Cobalt va Aveoning keyingi avlodlari modellarini sotish rejalashtirilmoqda.

O‘zbek olimlari avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlovchi dasturiy ta'minot ishlab chiqishdi>>

«ABL-Soft&SS» mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari «AutoCon TR.uz» nomli avtotransport vositalarining davlat raqamlarini va ularning tezligini videotasvirlar oqimi orqali avtomatik aniqlash uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqdi.

Interbrand jahondagi eng qimmat brendlar nomini e'lon qildi>>

Interbrand brend-konsalting agentligi har yili (16-marta) o‘tkazib kelinayotgan jahonning eng qimmat 100 ta brendi ro‘yxatini e'lon qildi.

Nokia 1100 - dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon ekani aniqlandi>>

Nokia 1100 telefoni dunyoda eng ko‘p sotilgan telefon ekani ma'lum bo‘ldi. Buhaqda PhoneArena internet resursi o‘z tahlillarida ma'lum qilib o‘tgan.

Italiyaliklar dunyodagi eng ulkan tortni pishirishdi>>

Italiyada dunyodagi eng yirik tort sifatida tan olingan shirinlik tayyorlandi. Bu haqda The Local nashri xabar bergan.

Yaponiyada barcha fuqarolar uchun 12 katakli shaxsiy raqamlar joriy qilinadi>>

Yaponiyada kuchga kirgan yangi qonunga ko‘ra mamlakatning barcha fuqarolariga tug‘ilganidan boshlab 12 katakli maxsus raqamlar berilib, ular turli ro‘yxatga va hisobga olish ishlarini yengillashtirish hamda unifikatsiya qilish masalasini yengillashtirishga qaratiladi.

Germaniyada sayyohlar uchun 365 metrlik osma kanat ko‘prik ochildi>>

Germaniyada Zosberg munitsipaliteti (Reynland-Pfalts yeri) yaqinida mamlakatdagi eng uzun osma kanat ko‘prik ochildi. T Online nashrining ma'lum qilishicha, uning uzunligi 365 metrni tashkil qiladi.

Chikago o‘zbeklarida Hoji Bobo Qor Boboning o‘rnini bosmoqda>>

AQShning Chikago shahrida istiqomat qiluvchi o‘zbek diasporasida o‘ziga xos an'ana shakllanib qoldi. Aytilishicha, u musulmon an'analari bilan bir qatorda o‘zbek o‘zligini saqlab qolishga ham ma'lum yordam beradi.

Toyota yana bir bor dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi>>

Yaponiyaning Toyota avtomobil markasi ketma-ket 12- marotaba dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi. Umumiy ro‘yxatda esa yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi oltinchi o‘rinni band qildi. Interbrand bahosiga ko‘ra, mazkur marka qiymati 49,048 milliard dollarga teng.

Nissan Tokio motorshousida “g‘ildiraklar ustidagi gajyet”ni namoyish etadi>>

Nissan kompaniyasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan motorshouga g‘ildiraklar ustidagi mobil gajyet deb nomlagan Teatro for Dayz kontseptual key-karini olib boradi. Mazkur avtomobil prototipi asosan o‘tgan asrning 90- yillari oxiri, 2000 yillar avvalida dunyoga kelgan “Z avlodi” deb nomlanuvchi yangi davr vakillari uchun mo‘ljallangan.

Aktau shahrida egizak opa-singil egizak aka-uka bilan turmush qurdi>>

Qozog‘istonning Aktau shahrida istiqomat qiluvchi Torebek va Joldasbek Tolepbergenovlar Asil va Ayim ismli egizak qizlarga uylanishdi.

Dunyoning eng nufuzli 50 nafar kishisi reytingi e'lon qilindi>>

Bloomberg nashriyoti har yili chop etadigan ishbilarmon dunyo vakillari orasida nufuzga ega insonlar Most Influential reytingini e'lon qildi. Shuni qayd etish joizki, bu yilgi ro‘yxatdan rossiyalik familiyalar o‘rin egallamadi. Bundan tashqari, jadvalni Alibaba asoschisi Jyek Ma va ukrainalik milliarder Rinat Axmetovlar ham tark etdi.

Grozniy merligi to‘ylarda ichish va o‘q otishni taqiqladi>>

Grozniy merligi chechen urf odatlari va an'analariga muvofiq to‘y marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi bo‘yruq chiqardi. Hujjat Grozniy merligi madaniyat departamentida e'lon qilindi.

Xolid Ergench Kannda "Muhtasham yuz yil"ning davomini taqdim qiladi>>

Ko‘pchilik tomoshabinlar orasida ommalashib ketgan, turk sultoni Sulaymon farzandlarining ayanchli taqdiri haqidagi "Muhtasham yuz yil" turk serialining muxlislari hali ko‘z yoshlarini artib ulgurmasidan Turkiyada serialning davomi – "Muhtasham yuz yil. Kyosem" serialini suratga olish ishlari boshlandi. 

Lexus kartondan tayyorlangan avtomobilini namoyish qildi>>

Lexus kompaniyasi Lexus IS avtomobilining karton qog‘ozidan tayyorlangan nusxasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Techradar portali.
Mashina harakatlanishi uchun karkasi temir va alyuminiydan tayyorlangan elektr motor o‘rnatildi. G‘ildirak, korpus va salonni tayyorlash uchun qalinligi 10 millimetr bo‘lgan 1700ta karton qog‘ozi ishlatildi.

Microsoft'dan yangi Lumia smartfonlari, Surface Pro 4 plansheti va Surface Book noutbuki>>

6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya Windows 10 da ishlovchi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnsheti va barcha uchun kutilmagan bo‘lgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.

Texasda 12 yoshli qizcha kuniga 12 ming marta aksa urmoqda>>

Texasda istiqomat qiluvchi 12 yoshli qizaloq 3 hafta davomida daqiqasiga o‘rtacha 20 martadan aksa urdi. Bu haqda AVS NEWS xabar bergan.

Xitoydagi 50 polosali trassada ulkan tirbandlik yuzaga keldi>>

Xitoyda yangi ochilgan Pekin — Gonkong — Makao yo‘nalishi bog‘lovchi 50 polosadan iborat avtotrassada darhol ulkan tirbandliklar yuzaga kela boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Times: Coca-Cola semizlikka homiylik qilmoqda>>

Coca-Cola kompaniyasi britan olimlari tomonidan o‘tkazilayotgan semizlik va shirin gazli ichimliklar iste'mol qilish o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emasligini isbotlashga qaratilgan tadqiqot ishlariga million funt sarfladi, deya xabar berdi The Times.

AQShda 360 kg keladigan bemor pitssaga buyurtma bergani uchun shifoxonadan haydab yuborildi>>

AQShning Rod-Aylend shtatida semizlikdan aziyat chekuvchi bemor pitssaga buyurtma bergandan keyin o‘zi davolanayotgan shifoxonadan haydab yuborildi. Oqibatda 360 kilogramm tosh bosadigan Stiven Assanti avtomobilda yashashiga to‘g‘ri keldi, chunki uning yaqinlari unga uyga qaytishga ruxsat berishmadi.

Qirg‘izistonda sakkiz yashar bola hojatxona o‘rasiga tushib ketgan ikki yashar singlisini qutqarib qoldi>>

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ikkinchi sinf o‘quvchisi hojatxona o‘rasiga tushib ketgan ikki yashar singlisini yarim soat davomida ushlab turdi.

VIDeO: Dunyodagi eng qo‘rqinchli mashina>>

1951 yilda ishlab chiqarilgan nemislarning uch g‘ildirakli Hoffman avtomobili to‘g‘risidagi videoni joylashtirgan muallifning ushbu fikriga ko‘pchilik qo‘shildi. Mashinaning katta qismi qo‘lda yig‘ilganga o‘xshaydi, uni ishlab chiqqan kishining barcha dizaynerlik ishi esa barbod bo‘lgan ko‘rinadi.

Toshkentlik oshiq sevgilisiga O‘zbekistondagi eng ulkan guldastani tortiq qildi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt yo‘llarida evakuatorda olib ketilayotgan ulkan guldasta fotosuratlari paydo bo‘ldi. 

Top