23:45 / 11.10.2015
4604

Lukashenko Belarus prezidentligi saylovida 80 foizdan ko‘p ovoz oldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko prezidentlik saylovida 84,1 foiz ovoz oldi deb ma'lum qilmoqda TASS.

“Yevrosiyo barometri” taqqoslov ijtimoiy tadqiqotlar instituning ma'lum qilishicha esa, Lukashenko saylovlarda 80,3 foiz ovozolgan.

Belarus markaziy saylov komissiyasining xabar berishicha, yopiq saylov uchastkalarida Lukashenkoga 89 foiz saylovchi o‘z ovozini bergan.

“Yopiq uchastkalardagi (shifoxona va harbiy qismlar — “Gazeta.ru”) saylovchilarning 89 foiz ovozi Aleksandr Lukashenkoga ovoz bergan”, - deb ma'lum qiladi mamlakat markaziy saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshina.

Top