22:03 / 11.10.2015
5332

Manbalar Turkiya poytaxtidagi teraktlar ortida IShID turganligini aytishmoqda

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiya poytaxti Anqara shahridagi terakt ortida IShID terrorchilik tashkilotining jangarilari turibdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Bir manbaning qayd etishicha, bu terakt “Iyul oyida Suriya chegarasida joylashgan Surucheda IShID tomonidan amalga oshirilgan teraktga juda o‘xshash”.

Boshqa bir manba ham aynan shuni ta'kidlamoqda. “Biz bor diqqat-eʼtiborimizni qaratgan holda shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, bu ishda so‘zsiz IShIDning qo‘li bor”, - deydi manba.

Top