09:45 / 11.10.2015
3626

Misrda noqonuniy muhojirlar ketayotgan kema cho‘kib ketdi, 10 kishi halok bo‘ldi

Misrda 10 oktabr kuni cho‘kib ketgan kemadan 25 kishi qutqarib qolindi, 10 kishi esa halok bo‘ldi.
Mahalliy OAV ma'lumotiga ko‘ra, noqonuniy muhojirlar guruhi Baltim shahri va Burullus ko‘li (Kafr ash-Shayx provinsiyasi) orqali O‘rta Yer dengizini suzib o‘tishga harakat qilgan, biroq kema muvozanatni yo‘qotib, cho‘kib ketgan.
Oqibatda yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deya hisoblanmoqda. Ularni qidirish ishlari qorong‘u tushguniga qadar davom etgan va kech tunda qidiruv-qutqaruv ishlari to‘xtatilgan.
Taxminlarga ko‘ra, kema unga me'yoridan ortiqcha odam ortilishi sababli cho‘kib ketgan.

Top