10:01 / 11.10.2015
6366

NASA koinotdan olingan qutb yog‘dusi tasvirlarini e'lon qildi

NASA astronavti Skott Kelli Xalqaro koinot stansiyasi (XKS) bortidan qutb yog‘dusi (avrora)ni suratga oldi. Mazkur tasvir 2015 yil 7 oktabrda Yerda magnit bo‘roni sodir bo‘layotgan vaqtda olindi. Bu haqda NASA rasmiy saytida ma'lum qilindi.
7 oktabrdan 8 oktabrga o‘tar kechasida Yerda kuchli magnit bo‘roni sodir bo‘ldi. Natijada Britaniya, Boltiqbo‘yi, Skandinaviya davlatlari va Rossiya shimoli-g‘arbida qutb yog‘dusi kuzatildi.
Qutb yog‘dusi atmosferaning yuqori qatlami va Quyoshdan kelayotgan zaryadlangan zarralar oqimi – quyosh shamoli to‘qnashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Zarrachalar atmosferadagi atom va molekulalarni qo‘zg‘atishi natijasida ular o‘zidan nur taratishni boshlaydi.
Qutb yog‘dusi Yerning yuqori kengliklari bilan bir qatorda, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun magnit maydonlari bilan ham vujudga keladi.

Top