23:18 / 11.10.2015
4363

Nepalda Kommunistlar partiyasi rahbari mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Nepal parlamenti mamlakat bosh vazirligiga Kommunistlar partiyasi yetakchisi Kxadgu Prasad Olini tayinladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Yangi bosh vazir 338 ta ovoz olgan. Uning raqobatchisi bo‘lmish “Nepal kongressi” partiyasi yetakchisi Sushil Koirala 249 ta ovoz oldi.

Kxadgu Prasad Oli hukumat tepasiga mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilingani uchun qarshiliklar bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda keldi. Unga Hindiston bilan aloqalarni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.

Koirala undan oldingi bosh vazir bo‘lib, yangi konstitutsiyaga muvofiq vakolat muddati tugatildi. Yangi bosh vazir tanqiddan qo‘rqmaydigan odam bo‘lib, uni ko‘p partiyalar,jumladan, raqobatchisi bo‘lmish o‘zga kommunistlar partiyasi ham qo‘llab-quvvatladi.

Top