15:48 / 11.10.2015
5840

Rossiya aviatsiyasi Xama provinsiyasida terroristlarning muhandislik inshootlarini yo‘q qildi

Rossiya Havo-kosmos kuchlari Suriyaning Xama provinsiyasida terroristlarning Achana tumanida joylashgan muhandislik inshootlari, o‘q-dori omborxonalari va moddiy-texnik ta'minotini yo‘q qildi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslanib RIA “Novosti” agentligi xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10 oktabrda Rossiya samolyotlari bir kun ichida Suriyadagi IShID jangarilarining 55ta obektiga 64 marta harbiy parvozni amalga oshirgani xabar qilingan edi. Jumladan, Su-34 bombardimonchisi tomonidan Rakka va Aleppo viloyatlaridagi IShID marralariga BeTAB-500 beton yemiruvchi bombasi tashlangan.

 

Top