11:20 / 11.10.2015
2852

TIV: O‘zbekiston delegatsiyasi atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha “YeI – Markaziy Osiyo” konferensiyasida ishtirok etadi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 12-13 oktabr kunlari Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan Atrof muhit va suv resurslari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beshinchi konferensiyasida ishtirok etadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.
Konferentsiyada atrof muhitni himoya qilish va suv resurslarini boshqarish sohasida Yevroittifoqning loyihalarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirish natijalarini muhokama qilish hamda ushbu sohalarda istiqboldagi umumiy sa'y-harakatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish kutilmoqda.

Top