09:59 / 12.10.2015
2934

Aerosmith Trampga kampaniyasida guruhning qo‘shiqlaridan foydalanishni man qildi

Mashhur Aerosmith rok guruhi yetakchisi Stiven Tayler AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga saylovoldi kampaniyasida uning qo‘shiqlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.

Milliarderning shtabi Dream On balladasidan ko‘p foydalanadi. 10 oktabr kuni Taylerning yuristlari bu va boshqa qo‘shiqlarni ishlatmaslikni talab qilib ikkinchi ogohlantirish maktubini yo‘lladilar.

Ularning aytishicha, bunday musiqadan foydalanilishi guruh go‘yoki Tramp nomzodligini qo‘llab-quvvatlaydi, degan yanglish tasavvur uyg‘otishi mumkin.
Huquqshunoslar bunda mualliflik huquqining buzilishini ko‘rmoqda. Tramp shtabi hozircha bunday ayblovlarga javob bermadi.

Top