15:04 / 12.10.2015
50309

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi

Kun.uz manbasi o‘zbekistonlik taniqli yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning uylanayotgani haqida xabar qildi.

Saytga kuyovlik kiyimidagi Akbarxo‘ja Rasulovning yonida boshqa bir aktyor Alisher Uzoqov ham joy olgan surat ham kelib tushdi.

Aktyorning o‘zi ham Instagramdagi sahifasiga mana bu suratni joylab, oila qurayotganiga ishora qilgan.

Keyinchalik ma'lum qilinishicha, nikoh marosimi Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlar orqali Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Akbarxo‘ja Rasulov 1986 yilning 28 sentabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U to‘rt farzand ichida kenja o‘g‘il hisoblanadi.

Dastlab, "Xo‘ja Nasriddin. O‘yin boshlandi" filmi (2006 y) orqali o‘zbek tomoshabini bilan yuzlashgan aktyor keyinchalik, "Yo‘qolgan odam", "Iblis devori", "Poyma-poy", "Kechikkan hayot", "Sevginator-2", "Hur qiz", "Jasur", "Afg‘on", "Xiyonat", "Jigarbandim", "Taqdirlar" kabi filmlardagi ishtiroki orqali mashhurlikka erishgan.

U shuningdek, rus va ukrain kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlarda ham rollar ijro etib kelmoqda.

Top