16:02 / 12.10.2015
2984

Anchelotti 2016 yilning yanvarida APL klublaridan birida ishlay boshlashi mumkin

"Milan" va "Real" klublarining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirish istagini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Anchelotti 2009 yildan 2011 yilga qadar Angliyadagi "Chelsi" jamoasini boshqargan edi.

"Mening ta'tilim kamida yil oxiriga qadar davom etadi, keyin yana ishga qaytaman.

Qayerda ishlayman? Qayerga chaqirishsa, o‘sha yerda. Muzokaralar olib boraman, vaziyatga baho beraman va qaror qabul qilaman. Hozir men ishga qaytishga tayyorlanmoqdaman. Yanvarda yana ish boshlayman.

Shaxsan o‘zim Angliya chempionatida ishlashni istayman. U yerda futbol uchun ideal sharoit bor. Angliyada bosim bo‘lsada, ish uchun yetarlicha erkinlik va xotirjamlik bor.

Futboldan ketish oldidan Angliyada yana ishlab ko‘rishni istagan bo‘lardim", - deydi Anchelotti.

Qayd etish kerakki, italiyalik ushbu mutaxassis "Liverpul" jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri sifatida qaralgan, ammo Anchelotti hali ta'tilda ekani tufayli mersisaydliklar taklifini rad etgandi.

Top