19:28 / 12.10.2015
8301

AQSh harbiy samolyoti Suriya muxolifatiga 50 tonna o‘q-dori yetkazib berdi

AQShning C-17s harbiy-transport samolyoti Suriya muxolifatiga 50 tonna o‘q-dori yetkazib berdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Qayd etilishicha, samolyot Suriya muxolifati joylashgan hududga 112ta quti tashlagan.

AQSh harbiylari vakili bu ma'lumotni tasdiqladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati Suriya muxolifatini o‘rgatish bo‘yicha dasturni yopishga qaror qilgandi.

Shu bilan birga Pentagonda AQSh IShID jangarilari bilan kurashayotgan Suriya muxolifatini havodan harbiy ko‘mak bilan ta'minlashi hamda qurol-aslaha berishi ta'kidlab o‘tilgandi.

Top