10:19 / 12.10.2015
2404

AQShdagi Southwest Airlines aviakompaniyasining yuzlab reyslari texnik nosozlik tufayli ushlanib qolmoqda

AQShda Southwest Airlines aviakompaniyasining yuzlab reyslari kompaniya kompyuter tarmog‘idagi texnik nosozlik sababli ushlanib qolmoqda, deya xabar qildi Assoshieyted Press agentligi.

Aviakompaniya vakillari yo‘lovchilarni aeroportga ortiqcha ikki soatcha zaxira vaqti bilan kelish haqida ogohlantirdi. Ayni paytda nosozlik sabablari aniqlashtirilgani yo‘q, biroq kompaniya vakillari bir qator taxminlar ichida xakerlar hujumini mustasno qilishmoqda. Texnik mutaxassislar esa nosozlikni bartaraf etish ishlari bilan band.

Los-Andjyeles xalqaro aeroportida aviakompaniya xodimlari yo‘lovchilarga qo‘nish talonini qo‘lda topshirayotgani aeroport zallaridan uzun navbatlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z parvozlarini uzoq vaqt kutishga majbur bo‘layapti.

Xabarlarga ko‘ra, texnik nosozlik tufayli butun AQSh bo‘ylab aviakompaniyaning 450dan ziyod reyslari ushlanib qolgan.
Yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidagi nosozlikning qachon bartaraf etilishi haqida axborot berilgani yo‘q.

Top