14:22 / 12.10.2015
3399

«Barselona» Neymar bilan shartnomani hozircha uzaytirmaydigan bo‘ldi

Kataloniyaning «Barselona» klubi va braziliyalik hujumchi Neymar 2018 yilda nihoyasiga yetadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv ikki tomonning roziligiga binoan to‘xtatildi. Bu haqda As nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchining o‘ta yuqori miqdordagi maosh so‘rayotganini qabul qilishmayapti.

Neymar va uning agenti o‘z navbatida hujumchining 2016 yilgi Rio olimpiadasi va Amerika kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda futbolchining «Oltin to‘p» sovrinining asosiy da'vogarlardan bo‘lishi «Barselona» bilan muzokaralarda asosiy rol o‘ynashini kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Neymar Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga o‘tish istagi borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top