22:01 / 12.10.2015
4225

Boks bo‘yicha JCh: Elnur Abduraimov bronza medalga ega bo‘ldi

Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatida yarim final bosqichida ikkinchi kun janglari boshlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakillari orasida birinchi bo‘lib 60 kg. vazn toifasida Elnur Abduraimov ringga ko‘tarildi.

Uning raqibi kubalik ikki karra jahon chempioni Lazaro Alvares bo‘ldi. Elnur Abduraimov tajribali raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq Alvares bu jangda ustunlik qildi — 3:0 (30:27, 30:27, 30:27).

Shu tariqa, Elnur Abduraimov Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bu vaznda O‘zbekistondan Xurshid Tojiboyev avvalroq olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bois, Elnur Rio-2016ga bora olmaydi. U bronza medal bilan cheklandi.

Top