18:40 / 12.10.2015
3876

Dell IT sanoatidagi eng qimmatbaho xaridni amalga oshirdi

AQShning Dell kompaniyasi 67 mlrd dollarga EMC kompaniyasini xarid qildi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, bu IT sanoatidagi eng qimmatbaho xarid bo‘ldi.

Dell ma'lumotlar saqlash tizimlarini ishlab chiqaruvchi EMC kompaniyasining har bir aksiyasiga 33 dollardan to‘laydi. Uning aksiyadorlari har bir qog‘oz uchun 27.25 dollar olishi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, Dell 80 foiz aksiyalari EMC’ga tegishli virtualizatsiya bo‘yicha dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi VMware kompaniyasiga ham ega bo‘ladi.

Ekspertlarning fikricha, bunday shartnoma bozorning boshqa ishtirokchilari, jumladan, Hewlett-Packard korporatsiyasining biznesiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Top