12:33 / 12.10.2015
3885

Eronda Washington Post gazetasi jurnalisti josuslikda ayblanib, sud qilindi

Tehron sudi Washington Post gazetasi jurnalisti Jyeyson Rizoyonni josuslik jinoyati amalga oshirishda aybdor deb topdi va jazoga tortdi.

Ushbu jurnalist 1 yil oldin hibsga olingandi.

Mahkum qilinuvchi AQSh va Eron fuqaroligiga ega hisoblanib, u 2012 yildan buyon Washington Post gazetasining Tehrondagi byurosida rahbarlik qilib kelardi.

Unga "dushman davlat bilan hamkorlik qilish" aybi qo‘yilgan.

Sud ishi tafsilotlari ma'lum qilingan. Jurnalist shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Washington Post gazetasi sud qarorini "tushunarsiz" deb baholagan.

Rizoyonning hamkasblari unga ayb qo‘yilishidan oldin tibbiy yordam ko‘rsatilganiga e'tibor qaratishgan. Ularning fikricha, tergov vaqtida kuch ishlatilgan.

Jurnalistlar shuningdek, ayblanuvchiga huquqshunos xizmatidan foydalanish imkoni berilmagani va sud vaqtida unga asossiz ayblar qo‘yilganini iddao qilishgan.

AQSh hukumati Rizoyonni qutqarish masalasini Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar doirasida muhokama qilishga uringan, lekin eronliklar bu taklifni rad etishgan.

Top