15:30 / 12.10.2015
5419

YeXHT bosh kotibi tashkilot ichida bo‘linish yuzaga kelganini tan oldi

Dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat tufayli Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida Sovuq urush yillaridan buyon kuzatilmagan darajadagi jiddiy bo‘linish yuzaga keldi. Buni tashkiloti bosh kotibi Lamberto Zanner tan oldi.

“Siyosiy nuqtai nazardan biz tashkilotimiz doirasida jiddiy bo‘linish yuzaga kelayotganini kuzatib turibmiz. Bu juda sezilarli. Biz uni Sovuq urush yillaridan buyon ko‘rganimiz yo‘q”, - dedi u kengaytirilgan yig‘ilish chog‘ida.

Uning so‘zlariga qaraganda, tashkilot rahbariyati bunday bo‘linishning davom etishiga qarshi choralar ko‘rmoqda.

Top