22:20 / 12.10.2015
3846

«Nasaf» Oliy Liganing 25-turida «Neftchi»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Bugun, 12 oktabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Oliy liga 25-tur uchrashuvini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi bo‘lim to‘liq maydon egalari ustunligida o‘tdi. Ketma-ket tashkil etilgan hujumlar golsiz yakunlanaverdi. Maydondagi keskinlik birinchi bo‘lim so‘nggi daqiqalarigacha davom etdi. Birinchi bo‘lim asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqadasida “Nasaf” jamoasining tajribali hujumchisi Ilhom Shomurodov gol urib, hisobni ochishga erishdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘lim ham asosan “Nasaf” ustunligida o‘tdi.

Uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasida maydon egalari o‘yinida biroz pasayish ro‘y berdi, o‘yin mehmonlar jarima maydonidan, maydon markaziga ko‘chdi.

Shu tariqa, Ilhom Shomurodovning yagona goli “Nasaf”ning navbatdagi g‘alabasini ta'minlab berdi.

Bu natijadan keyin "Nasaf" hisobidagi ochkolar soni 57taga yetgan. Uchinchi o‘rindagi bu jamoa yuqoriroq o‘rinlar uchun ham da'vogarlik qilishi mumkin.

"Neftchi" esa bu mag‘lubiyatdan keyin o‘z o‘rnini "qaldirg‘ochlar"ga boy berdi va 48 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi.

Oliy liga, 25-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg‘ona) 1:0 (6170 tomoshabin)
Gol: Ilhom Shomurodov, 45+1-1:0
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov, 18.Bahrom Abduraximov, 20.Erkin Boydullayev (s), 22.Shoruh Gadoyev (7.Akram Baxriddinov 75), 23.Sherzod A'zamov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Odiljon Hamrobekov (6.Aziz G‘aniyev 52), 34.Farruh Sayfiyev, 41.Azamat Allaniyazov ( 16.Alisher Yusupov 87).
“Neftchi”: 30.Yevgeniy Cheremesin, 3.Shukurali Po‘latov, 6.Bahtiyor Yoqubov (8.Akmal Xolmatov 65), 9.Sherzod Hakimov (26.Otabek Isroilov 79), 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 22.Ro‘zimboy Ahmedov (10.Murodbek Bobojonov 73), 27.Adrian Kashkaval, 33.Sardor Rahmanov, 44.Umidjon Qodirov, 38.Abbos Maxstaliyev.
Ogohlantirish: Maqsud Karimov 12, Odil Hamrobekov 23, Dilyorbek Ermatov 31, Erkin Boydullayev 69.

Top