17:31 / 12.10.2015
3548

Niderlandiya Boeing bo‘yicha xalqaro tribunaldan voz kechdi

Malayziyaning Donetsk yaqinida urib tushirilgan Boeing samolyoti halokatini taftish qilayotgan xalqaro guruh tarkibiga kiruvchi mamlakatlar (Avstraliya, Niderlandiya, Malayziya, Ukraina va Belgiya) xalqaro tribunal boshlashdan voz kechdi. Bu haqda Niderlandiyaning Moskvadagi elchisi Ron van Dartel RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Rossiya veto yordamida o‘z pozitsiyasini juda aniq-ravshan izhor etdi. Bu tribunal tashkil etish borasidagi harakatlarning yakunidir”, - dedi u.
Dartelning so‘zlariga qaraganda, ayni kunlarda tribunalning muqobillari qidirilmoqda. Bular qatorida taftishni Xalqaro jinoiy sud doirasida davom ettirish ham bor.

Top