16:58 / 12.10.2015
13446

OAV: Rossiya iqtisodiyoti o‘nglanmas ahvolga kelishi mumkin

Rossiyaning xalqaro maydonda o‘z mavqeini oshirishga bo‘layotgan intilishi mamlakat iqtisodiyotini fojia yoqasiga olib kelib qo‘yishi mumkin. Bu haqda The Nation nashri yozmoqda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, Rossiya harbiy kuchini ko‘rsatish uchun yaxshi vaqt tanlay olmadi, negaki mamlakat iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli murakkab vaziyatga tushib qoldi. Shunga qaramay, Moskva kuchli armiyani saqlab qolmoqda. Joriy yilda mamlakatning harbiy byudjyeti 3.29 trln rublni tashkil qildi.

Suriyadagi harbiy operatsiya mamlakatdagi vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, lekin Moskva xalqaro miqyosdagi g‘alaba uchun bunday qadamga tayyor, deb hisoblaydi maqola muallifi.
“Rossiya IShIDga qarshi kurash uchun iqtisodiy qiyinchiliklarga dosh beradi. Ular G‘arb ustidan g‘alaba qilish uchun ham bunga chidashga tayyor”, - xulosa qilinadi materialda.

Top