12:20 / 12.10.2015
8643

Obama Rossiya AQShning birinchiligini shubha ostiga olish niyatida emasligini ta'kidladi

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi xatti-harakatlari bilan Vashingtonning jahon miqyosidagi birinchiligini shubha ostiga qo‘ymoqda, degan fikrga qo‘shilmaydi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Agar siz mamlakat iqtisodiyotini yer bilan bitta qilish va qo‘shinlarini yagona ittifoqchisini qo‘llab-quvvatlashga yo‘llash yetakchilikdan dalolat, deb o‘ylasangiz, unda biz bu so‘zni turlicha tushunar ekanmiz”, - dedi Obama.
Shundan so‘ng Obama yetakchilikni o‘zi qanday tushunishi aytdi: “Men yetakchilikni butun dunyoni Eron yadroviy bombaga ega bo‘lmasligi uchun mobilizatsiya qila olishda tushunaman.

Yaqin Sharqqa keladigan bo‘lsak, bizda 60 mamlakat koalitsiyasi bor, ular Rossiya strategiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ular bunday strategiya ishlamasligini ta'kidlamoqda”.

Top